BuxDTI matbuot xizmati

FERUZA TOIROVA — RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI

7f77c74d-7e14-484f-99b8-cb37d7667c71

FERUZA TOIROVA — RESPUBLIKA BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI

​“Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining hududiy bosqichida Buxoro davlat tibbiyot instituti vakili Feruza Toirova faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
​Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 22-apreldagi 157-son buyrug‘i hamda tanlov nizomi talablari asosida tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.
​Tanlov davomida ishtirokchilar milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasida amalga oshirgan ishlari va erishgan yutuqlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, belgilangan mavzular bo‘yicha tezkor savollarga javob berdilar. Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.

​Birinchi o‘rinni egallagan Feruza Toirova — Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i. Uning ushbu natijasi institutda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish borasidagi faoliyatining e’tirofidir.
​Endi Feruza Toirova tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.

Feruza Toirovani ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz va respublika bosqichida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati