“Frontal tishlarning badiiy restavratsiyasi”mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
24.04.2025 2025-04-24 15:52“Frontal tishlarning badiiy restavratsiyasi”mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
“Frontal tishlarning badiiy restavratsiyasi”mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Institutning Simulyatsion markazida S.D. Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston Milliy Tibbiyot Universiteti ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi, vrach-stomatolog Jamashev Jenis Jaksılıkovich tomonidan “Frontal tishlarning badiiy restavratsiyasi” mavzusida ma’ruza va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.


Mazkur tadbir stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda sohadagi ilg‘or yondashuvlar bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Shuningdek, bu kabi tashabbuslar institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining xalqaro ilmiy-akademik hamkorligini mustahkamlash, zamonaviy tibbiyot ta’limida integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.
