Gandbol bo‘yicha U-16 o‘quvchi-yoshlar chempionati institutda o‘tkazildi
14.04.2023 2023-04-15 14:53Gandbol bo‘yicha U-16 o‘quvchi-yoshlar chempionati institutda o‘tkazildi

Gandbol bo‘yicha U-16 o‘quvchi-yoshlar chempionati institutda o‘tkazildi
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sport kompleksi gandbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalarining viloyat final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Musoboqaning viloyat bosqichi ochilish marosimida so‘z olgan institut Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova o‘quvchi yoshlarga omad tilar ekan, mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportga qaratilgan e’tibor davlat siyosatining ajralmas qismiga aylanganini ta’kidladi.


Tumanlardan kelgan qizlar jamoasi guruhlarga bo‘linib kuch sinashmoqda. G‘olib Jamoa musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, gandbol federatsiyasining Buxoro viloyatiga institut rektori Shuhrat Teshaev rahbarlik qilmoqda.
