G‘ijduvon tumani hokimi talabalarni ishga joylashtirish masalasida uchrashuv o‘tkazdi
15.06.2022 2022-06-15 14:40G‘ijduvon tumani hokimi talabalarni ishga joylashtirish masalasida uchrashuv o‘tkazdi

G‘ijduvon tumani hokimi talabalarni ishga joylashtirish masalasida uchrashuv o‘tkazdi
Buxoro davlat universitetida G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurovning g‘ijduvonlik bitiruvchi talabalar bilan bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashtirish masalasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda BuxDU rektori Obidjon Xamidov, BuxDTI rektori Shuxrat Teshaev, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot institutining g‘ijduvonlik talaba va magistrantlari, tumanning ko‘zga ko‘ringan, har sohada ildam tadbirkorlari, korxona va tashkilot vakillari bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.


