Giyohvandlikka qarshi kurash
22.04.2025 2025-04-22 15:22Giyohvandlikka qarshi kurash
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida talabalar va professor-o’qituvchilarga muntazam ravishda treninglar, seminarlar va ma’ruzalar o’tkazilib kelinmoqda.
Bu, ularning giyohvandlikka qarshi bilim va tushunchalarini oshirishga xizmat qiladi. Giyohvand moddalar turli jismoniy kasalliklarga olib kelishi mumkin, jumladan, jigar, buyrak kasalliklari, yurak va nafas olish tizimi buzilishlari. Giyohvandlik turli infeksion kasalliklarga, ayniqsa giyohvand moddalarni infeksiya qilish orqali HIV va gepatit kabi kasalliklar tarqalishi kabi salbiy oqibatga ham olib keladi. Bundan tashqari, u ko’pincha depressiya, xavotir va psixoz kabi ruhiy kasalliklar rivojlanishiga turtki bo’ladi.


Institut psixologlari tomonidan psixologik yordam va giyohvandlikni oldini olish dasturlari tashkil etilgan bo’lib, bu talabalarning psixologik va emotsional holatini yaxshilashga yordam bermoqda. Institut mas’ullari sport, madaniyat va san’at tadbirlari orqali talabalarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlariga yordam berib kelishmoqda va bu usul giyohvandlikka qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Giyohvandlikni oldini olish dasturlari va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari orqali yoshlarni salomatlikka zararli bo’lgan illatlardan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
