Giyohvandlikka qarshi kurash – hamjihatlikda olib borilmoqda
03.07.2025 2025-07-05 9:45Giyohvandlikka qarshi kurash – hamjihatlikda olib borilmoqda
2024-yil 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, sotish, taqsimlash va hisobga olish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Sh. Teshaev, Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i E. Oltiyev, viloyat IIBning narkotik moddalariga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i S. Amrullaev hamda shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, provizorlar, bosh va katta hamshiralar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq jarayonlar ustidan nazoratni kuchaytirish, ularni qonuniy ravishda saqlash, taqsimlash va hisobga olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Ichki ishlar organlari vakili mazkur yo‘nalishdagi qonunchilik talablari va amaldagi nazorat tartiblari haqida ma’ruza qildi.
Shuningdek, institut rektori Sh. Teshaev xalq tabobati va tabiiy giyohlardan foydalanish, jumladan institutda yetishtirilayotgan shifobaxsh o‘simliklar haqida axborot berdi.
Yig‘ilishda polipragmazya, gipertashxis (giperdiagnostika), xorijiy dori-darmon firmalari bilan bonus evaziga ishlamaslik va boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

