BuxDTI matbuot xizmati

Giyohvandlikka qarshi kurash: Talabalar orasida profilaktika ishlari kuchaytirilmoqda

Talabalar orasida profilaktika ishlari kuchaytirilmoqda1

Giyohvandlikka qarshi kurash: Talabalar orasida profilaktika ishlari kuchaytirilmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutida giyohvandlik va narkomaniyaning oldini olishga qaratilgan muhim yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish institut rektori boshchiligida Psixiatriya va narkologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida giyohvandlikka qarshi kurashishning dolzarbligi, bu illatning yoshlar hayotiga va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida narkotik moddalarga qarshi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida rektor talabalar orasida giyohvandlikka qarshi olib boriladigan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi. Ushbu topshiriqlar qatorida talabalar o‘rtasida muntazam ravishda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida seminar va treninglar tashkil etish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ma’lumotlar berish kabi muhim vazifalar belgilandi.