Giyohvandlikka qarshi kurashish – barchamizning ishimiz
19.04.2022 2022-04-19 15:07Giyohvandlikka qarshi kurashish – barchamizning ishimiz
Mamlakatimizda ulkan o’zgarishlar ro’y berayotgan, yoshlar jamiyat hayotida tobora faollashib, o’z o’rniga ega bo’lib borayotgan bir vaqtda ayrim irodasi sust o’smirlarimiz giyohvandlik balosiga mubtalo bo’layotgani barchamizni tashvishga soladi. Zero, og’u inson jismini qanchalik xarob qilsa, xuddi shunday jamiyatga ham mislsiz darajada zarar etkazadi. Asr vabosi deb atalayotgan bu illat tinch-totuv yashayotgan oilalarni buzadi, bolalarni etim qiladi, muhtojlik, qashshoqlikda yashashga majbur etadi. Oqibati esa, albatta, ayanchli yakunlanadi.
Giyohvandlik vositalarini, qaysi turi bo’lmasin, iste’mol qilishni boshlagan shaxs avvaliga unga o’rganish hosil qilishini barchamiz bilamiz. Ammo bir bir yil o’tar-o’tmas giyohvand mehnatga yaroqsiz holatga kelib qoladi.
Bugun viloyat IIB xodimlari va institut talabalari o’rtasida bo’lib o’tgan muloqotda aynan mana shu mavzuda fikr almashildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javpob olishdi.