Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari “Global iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda
15.10.2025 2025-10-16 16:55Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari “Global iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari “Global iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari 15–17-oktabr kunlari “Global iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi seminar-trening darslarida ishtirok etmoqdalar.

Seminarni Nobel mukofoti sovrindori, Niderlandiyaning Wageningen universiteti faxriy professori hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Ekologiya va huquq fakulteti EkoGIS markazi professori Rik Leemans olib bormoqda.

Seminar davomida global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘nggi ilmiy yondashuvlar, iqlim tizimining ishlash mexanizmlari va inson faoliyatining unga ta’siri muhokama qilinmoqda.
