BuxDTI matbuot xizmati

Gyeongsangbuk-do viloyati bilan hamkorlik yo’lga qo’yiladi

Hamkorlik1

Gyeongsangbuk-do viloyati bilan hamkorlik yo’lga qo’yiladi

2023-yilning 15-dekabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi BDTI delegatsiyasi Andong shahridagi Kyonsangbuk-do viloyati gubernatorligiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Mintaqaviy boshqaruv va siyosat byurosi bosh direktori Park Sung-Su kutib oldi. Viloyat vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Daegu Haani universiteti hamkorligida ta’lim, fan va farmatsevtik ishlab chiqarish uchun kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.