Hamkorlik aloqalari davom etmoqda
28.09.2023 2023-09-29 10:30Hamkorlik aloqalari davom etmoqda
🏢Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev hamda xalqaro hamkorlik aloqalari bo’lim mutaxassisi Ye.Xaribova Hindisonning eng katta klinikalaridan biri Haydarobod shahridagi AIG klinikasiga tashrif buyurishdi, hamda u yerdagi imkoniyat va sharoitlarini o’rganishmoqdi.
✔️Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan professorlarni malakasini oshirish maqsadida tajriba almashish jarayonlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilinmoqda.
🏷 AIG klinikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri Ilmiy ish, tajribalar bajarish uchun alohida xonalar tashkil qilingan. Talabalar ushbu klinikada xirurgiya sohasini o’rganish uchun maymunlardan foydalanib tadqiqot o’tkazishmoqda, muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlardan so’ng odamlarda qo’llaniladi”, deb xabar berdi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev.
Qayd etilishicha, mazkur klinikada Buxor davlat tibiyot institutining 10 nafar mutaxassslari xorijiy tilni o’zlashtirsh darajasiga asosan amaliyot o’tashlari tashkillashtiriladi.