Hamkorlik masalari bo`yicha amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.
23.02.2024 2024-02-24 10:35Hamkorlik masalari bo`yicha amaliy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Joriy yilning 20 – fevralida Tibbiy kimyo kafedrasi professor o`qituvchilari va Hindistolik olima Dr Rashmi Atul Joshi ishtirokida o`zaro tanishuv va hamkorlik masalari bo`yicha amaliy uchrashuv bo`lib o`tdi . Olima hozirgi kunda Hindistonda joylashgan pantajali tadqiqot institutida tadqiqotchi –ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritadi .



Uchrashuv davomida olima ayol tomonidan yosh tadqiqotchilar va talabalarga hozirgi kundagi biokimyo va tibbiy kimyoga oid muammolar va ularni yechish usullari bo`yicha masterklass va tajriba almashish darsi olib borildi . Ushbu uchrashuv yosh izlanuvchilarga har tomonlama foyfali bo`ldi . Uchrashuv yakunida o`zaro hamkorlik , kelajakdagi ishlar va tajriba almashish bo`yicha kelishib olindi .