Har jabhada tinib tinchimas, fidokor yoshlarimizdan gapiramiz..
09.02.2024 2024-02-10 14:07Har jabhada tinib tinchimas, fidokor yoshlarimizdan gapiramiz..
Ayni damda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “QALQON” guruhi tomonidan talaba- yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida tungi profilaktika (reyd) tadbirlari olib borilmoqda.


“QALQON” guruhining asosiy maqsadi- talaba yoshlarning institutga qarashli barcha hududlar va uning atrofida jamoat tartibini saqlash, institutning ichki tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi” talablariga rioya etilish.


Asosiy vazifalari-belgilangan hudud osoyishtaligi hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda kuzatuvni amalga oshirish; belgilangan hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida ushbu hududda aniqlangan shubhali holatlar va gumon qilinuvchi shaxslar haqida tegishli organlarga tezkorlik bilan xabar berish.

