Harbiy Tibbiyot Akademiyasi o‘qishga taklif etadi
15.02.2025 2025-02-17 9:47Harbiy Tibbiyot Akademiyasi o‘qishga taklif etadi

Harbiy Tibbiyot Akademiyasi o‘qishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy Tibbiyot Akademiyasiga o‘qishga hujjat topshirish 2025-yil 10-aprelga qadar davom etadi. Shu munosabat bilan akademiya mas’ullari tibbiyot oliygohlarining 5-bosqich talabalari ishtirokida targ‘ibot muloqoti o‘tkazdi.

Akademiyada bakalavriyat, internatura, klinik ordinatura, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish imkoniyati mavjud. Talabalarga bepul yotoqxona, uch mahal issiq ovqat, harbiy kiyim-kechak, stipendiya, bepul davolanish va transport imtiyozlari taqdim etiladi.

Hujjat topshirish shartlari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun akademiya bilan bog‘lanish tavsiya etildi.
