Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiya bugun Buxoroda bo‘ldi.
28.09.2024 2024-09-28 14:52Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiya bugun Buxoroda bo‘ldi.
Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiya bugun Buxoroda bo‘ldi.
Hindiston hukumati vakillarining Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Botir Zaripov delegatsiyani Buxoroga tashrifi bilan qutlab, so‘nggi yillarda hukumatlarimiz rahbarlari tashabbuslari bilan an’anaviy do‘stlik va hamkorlik aloqalari yangi zamon ruhida rivojlanayotganligini inobatga olib, yangi hamkorlar topish imkoni paydo bo‘lganidan mamnunligini bildirdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Hindiston – zamonaviy, jadal rivojlanayotgan, jahonda ulkan xalqaro nufuzga ega va iqtisodiy ta’siri tobora ortib borayotgan davlat. Qolaversa, ko‘p aholi va ulkan iqtisodiy imkoniyatlarga ega, sanoati rivojlangan mamlakat. Yalpi ichki mahsulot darajasi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, dasturlash, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish sohalarida ilg‘or hisoblanadi.
-Bu sohalar rivojiga katta e’tibor qaratayotgan mamlakatimiz uchun Hindistonning tajribasi va texnologiyalari muhim. Hindiston uchun ham izchil rivojlanayotgan, investorlarni faol qo‘llab-quvvatlayotgan O‘zbekiston istiqbolli hamkor deb hisoblaymiz,-dedi Botir Zaripov.