Hindistonda O’zbekiston madaniyati kunlari
21.03.2025 2025-03-24 11:19Hindistonda O’zbekiston madaniyati kunlari
Shu kunlarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi delegatsiya Hindistonda bo’lib turibdi.
Vakillarimiz tomonidan bir qator manfaatli uchrashuvlar, muloqot va tadbirlar amalga oshirmoqda.
Buxoro davlat tibbiyot institutining o‘tgan o‘quv yilida muvaffaqiyatli tamomlagan 230 nafar hindistonlik bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haydarobod shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamda diplomatik korpus vakillari, institut ma’muriyati, bitiruvchilar va ularning yaqinlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Oliygoh yana bir Hindiston universiteti bilan hamkorlikni boshlamoqda.
Ayni paytda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligidagi bir guruh professor-o’qituvchilar Hindistonning Haydarobod shahrida joylashgan Javoharlal Neru nomidagi Texnologiyalar Universiteti (JNTU)da bo’lib, universitet rahbariyati bilan muloqot qildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur universitet, 1965-yilda Nagarjuna Sagar muhandislik kolleji sifatida tashkil etilgan boʻlib, 1972-yilda universitet maqomini olgan.
Ayni paytda 427 ming nafar talabasi mavjud.