BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Hindistonlik talabalar o’z bayramini nishonlashdi.

photo_2024-10-02_10-46-05

Hindistonlik talabalar o’z bayramini nishonlashdi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ayni paytda Hinsiston Respublikasidam 600ga yaqin talabalar tahsil olishmoqda. Ularga o’z qadriyat, urf-odat an’analarini nishonlashi uchun yetarli sharoitlar yaratilgan.

Kuni kecha hind millatiga mansub talabalar “Onam” deb nomlangan festivalini nishonlashdi. Tadbirda rektor maslahatchisi Ma’ruf Mahmudov hamda Yoshlar masalalari va ma’naviyat ishlari bo’yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur Onam festivali Janubiy Hindistonning Kerala va Malayali hindulari tomonidan nishonlanadigan milliy bayram bo’lib, bu Onam festivali Shukla Pakshaning Dvadashi Titida Bhadrapada oyida va Shravana Nakshatra ostida nishonlanadi. Bu 2024-yil 25-avgustdan 30-sentabrgacha nishonlanadi. Hind mifologiyasiga koʻra, qirol Mahabali juda saxiy va Keralaning buyuk hukmdori sanalgan.