Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Buxoroga tashrif buyurdi.
21.10.2024 2024-10-23 12:27Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Buxoroga tashrif buyurdi.
Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Buxoroga tashrif buyurdi.
Bugun Hindiston respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi.
Elchi janobi oliyalari Smita Pant instituti tomonidan rektor Shuhrat Teshayev, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyozov, Xalqaro tibbiyot falulteti dekani Dilnoza Hasanova hamrohligida muhim markazlar: kutubxona, Simulyatsiya markazi, klinika, bosh binoni ko’zdan kechirib, oliygoh imkoniyatlarini yuqori baholadi.
Institutning faxriy mehmonlar kitobida o’z tilaklarini yozib qoldirdi.
Muloqot chog’ida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, kadrlar almashinuvi, akademik mobillik hamda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish kabi bir qator muhim masalalarga bag‘ishlandi.
Shuningdek, Smita Pant institutda tahsil olayotgan hindistonlik talabalar bilan muloqot qildi. Ularning murojaatlarini tingladi. Talabalarga institutda yaratilgan sharoitlar jahon standartlariga mos kelishini aytib o’tdi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot institutida 750 nafar hindistonlik talaba tahsil oladi.