BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Hokim va yoshlar uchrashuvi

b3

Hokim va yoshlar uchrashuvi

  Mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi har doim eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Tez orada qo‘liga diplom olib, mustaqil shifokorlik faoliyatini boshlash maqsadidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bitiiruvchi talaba- yoshlarimiz uchun  ham imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilayotgani quvonarli hol.

     Bugun institut  bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida  Olot tumani hokimi Nargiza Nematova bilan ushrashuv bo`lib o`tdi. Unda hudud bo`yicha mas’ul idora vakillari hamda ish beruvchilar ham ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, hokima opa Nargiza Ne’matova ham asli kasbi shifokor bo’lib bir vaqtlar tibbiyot instituti taalabalariga ham saboq bergan. Bugun bo’lib o’tgan muloqot chog’ida bitiiruvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.