Ilk qaldirg‘ochlar parvozi: Turkiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan yo‘nalish bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
03.07.2025 2025-07-03 10:00Ilk qaldirg‘ochlar parvozi: Turkiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan yo‘nalish bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
Ilk qaldirg‘ochlar parvozi: Turkiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan yo‘nalish bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
🎓 2019-yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiyaning Sog‘liq Bilimlari Universiteti (SBU) hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma fakultet ilk bitiruvchilarini kuzatib qo’ydi. Ta’kidlash joizki, to‘rt yo‘nalish bo‘yicha talabalarga ta’lim berilayotgan mazkur fakultetni bugungi kungacha 500 nafarga yaqin bitiruvchini tamomladi.

Kuni kecha, Davolash ishi yo‘nalishini muvaffaqiyatli yakunlagan 16 nafar talabaga Turkiyaning nufuzli oliygohi — Sog‘liq bilimlari universiteti diplomi bilan taqdirlandi. Diplomlarni universitet rektori, doktor Kemaliddin Aydin shaxsan topshirdi.

Bitiruv tadbiri davomida rektor Kemaliddin Aydin qisqa vaqt ichida yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama hamkorlik samarasida ta’lim va tibbiyot sohasida sezilarli yutuqlarga erishilganini ta’kidladi. U, shuningdek, hamkorlik doirasidagi sa’y-harakatlar natijasida bitiruvchilarning xalqaro miqyosda tan olinayotgani va ular bugungi kunda dunyoning turli nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bitiruv marosimida o‘zbekistonlik talabalar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari mamlakatimiz rahbariyatiga, hamkor universitetga va institut jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.