BuxDTI matbuot xizmati

Ilmiy tadqiqot va maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha o‘quv seminari davom etmoqda

SEMINAR1

Ilmiy tadqiqot va maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha o‘quv seminari davom etmoqda

➡️ Ayni paytda Buxoro davlat tibbiyot institutida institut olimlarining ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu seminar mashg‘ulotlarining 3-kuni davom etmoqda.

🫥 Seminar davomida ilmiy ishlarni tayyorlash, maqolalarni xalqaro talablar asosida rasmiylashtirish hamda ilmiy nashrlarda chop etish jarayonlari bo‘yicha muhim bilim va amaliy tavsiyalar berilmoqda.

🐍 Ma’ruzalar Rossiya Federatsiyasida ko‘p yillar faoliyat yuritgan, hozirda Preventiv tibbiyot va jamoat salomatligini saqlash kafedrasi professori Karen Robertovich Amlayev tomonidan olib borilmoqda.