Imkoniyati cheklangan yoshlar mehr e’tibordan chetda emas
27.12.2023 2023-12-29 16:43Imkoniyati cheklangan yoshlar mehr e’tibordan chetda emas
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga biriktirilgan yoshlarga Yangi yil sovg’alari topshirildi.



Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev Yangi yil bayrami bilan tabriklash maqsadida Shofirkon tumani mahallalaridagi biriktirilgan yoshlarning holidan xabar oldi.



Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo’yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova, fakultet dekanlari hamda tyutor murabbiylari ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar holidan xabar olib, ularga bayram sovg’alarini ulashishdi.


Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq har bir oliy ta’lim muassasasi rektorlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan mahalla yoshlari biriktirilgan.