Innovatsion yarmarka
24.10.2022 2022-10-25 10:19Innovatsion yarmarka
Ayni paytda institut axborot resurs markazida “InnoDay-2022” Innovatsion ishlanmalar yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Ushbu innovatsion ishlanmalar yarmarkasini tashkil etishdan maqsad institut profescor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy innovatsion malakasini yanada kuchaytirish, yangi ilmiy g‘oyalar yaratishga undash va ularning innovatsion tashabbuslarini tegishlicha rag‘batlantirishdan iborat.
Yarmarka doirasida tibbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha innovatsion loyihalar qabul qilinmoqda.