Institut o‘qituvchilari o‘zbekona qadriyatlarni xorijliklarga namoyon etmoqda
21.04.2023 2023-04-25 10:58Institut o‘qituvchilari o‘zbekona qadriyatlarni xorijliklarga namoyon etmoqda

Institut o‘qituvchilari o‘zbekona qadriyatlarni xorijliklarga namoyon etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joylarida iftorlik dasturxoni va boshqa ehson taomlari tarqatib turishlari an’anaga aylanib ulgardi. Ayni paytda xorijdan kelib ta’sil olayotgan talabalar soni 2000 nafarga yetayotgani va bularning barchasi talabalar turar joylarida yashayotganini inobatga olinsa, millatimizning go‘zal an’analaridan biri -mehr saxovat ko‘rsatish, bag‘rikenglik va to‘kinlikni namoyon etish amallariga dunyo ahli guvoh bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.


Kuni kecha, institutning ikki kafedra – Ichki kasalliklar va endokrinologiya hamda Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi a’zolari tomonidan TTTJda yashayotgan talabalarga iftorlik taomi tortildi. Mazali taomlar va yeguliklar bilan chiroyli dasturxon bezatishdi.


Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu kabi go‘zal amallar musofir yurtlarda ilm istagida yurgan yoshlarga mehr oqibat tuyg‘ularining yanada kuchayishiga olib keladi.
