Institut rahbariyati fuqarolar murojaatini tingladi
27.06.2024 2024-06-27 15:12Institut rahbariyati fuqarolar murojaatini tingladi
Tasdiqlangan reja grafikka ko’ra bugun Abu ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida fuqarolar qabuli tashkil etildi. Rektor Shuhrat Teshayev ayni paytda xorijda xizmat safarida bo’lganligi sababli, qabul prorektorlar ishtirokida o’tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar ishga joylashish, kelgusi o’quv yilida talabalar turar-joyidan o‘rin ajratish, abituriyentlar va ularning ota onalari qabul komissiyasiga taaluqli savollar bilan rasmiylarga murojaat qilishdi.
Murojaatlar institut mutsaddilari ishtirokida o‘rganib chiqildi va aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi. Muddat talab etadiganlari yuzasidan esa zarur tushunchalar berildi.