BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Institut rahbariyati Janubiy Koreyada

photo_2024-11-02_11-13-31

Institut rahbariyati Janubiy Koreyada

Shu kunlarda Janubiy Koreyaning Andong shahrida “ANDONG: INVITATION TO JOIN WORLD HUMANISTIC CITIES NETWORK” ANDONG: JAHON GUMANISTIK SHAHARLAR TARMOG’IGA QO’SHILISHGA TAKLIF” konferensiyasi bo’lib o’tmoqda va Andong shahri hokimiyatining rasmiy taklifiga asosan rektor Sh. Teshayev va Хalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.Niyozov bu konferensiyaga tashrif buyurishdi.

Konferensiyaning maqsadi : Andong Siti insonparvarlik qadriyatlarini targ’ib qilish orqali barqaror rivojlanish va dunyo tinchligiga erishish uchun Butunjahon gumanistik shaharlar tarmog’i (World humanistik cities ntwork – WHCN)deb nomlangan platformani yaratishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, bu konferensiyada dunyo bo’ylab 20 dan ortiq davlatdan rahbar va mas’ullar tashrif buyurishgan. Konferensiya davomida qatnashayotgan har bir davlat o’z aholisi, shaharlari va ijtimoiy holati haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi.

Shu jumladan, institut prorektori L. Niyozov O’zbekiston va Buxoro haqida qisqacha ma’ruza qildi. Bu ma’ruzada Buxoro shahri to’g’risida umumiy ma’lumot, mintaqaviy turizm va Buxoro davlat tibbiyot instituti haqida atroflicha ma’lumot berib o’tildi.