Institut rahbariyatining Janubiy Koreyaga safari davom etmoqda
02.11.2024 2024-11-04 15:10Institut rahbariyatining Janubiy Koreyaga safari davom etmoqda
➖Xizmat safarining 2-kunida Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati Andung shahri shifoxonasida bo’ldi va shifoxona faoliyati bilan tanishishdi. Bu shifoxona 2ming o’ringa mo’ljallangan bo’lib, nafaqat Andong shahri balki Kyong Sang Gukto provinsiyasiga ham xizmat ko’rsatadi. Bundan tashqari bu shifoxonada tog’li hududlarga tez tibbiy xizmat ko’rsatish maqsadida vertolyot xizmati ham yo’lga qo’yilgan. Shu bilan birga, shifoxona tarkibida yadro-tibbiyot markazi ham faoliyat olib boradi.
🏛✅⚡️Andong shahri shifoxonasi bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti o’rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
➖Hamda Andong shahrida joylashgan Eska Bio Science dori vositalari va vaksina ishlab chiqaradigan kompaniya ish faoliyati bilan tanishildi va kelajakda bu kompaniya bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
➖Bundan tashqari, vaksina ishlab chiqarish bo’yicha innovatsion markaz faoliyati bilan ham tanishildi. Bu markaz bilan hamkorlik qilish masalalari hamda ilmiy tadqiqot borasida muhokamalar bo’lib o’tdi.
🔹Konferensiyaning oxirgi kunida sessiyalar bo’lib o’tmoqda. Panel sessiyasida Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor L.Niyozov nutq so’zladi. Ma’ruzada O’zbekiston va Buxoro turizmi haqida qo’shimcha ma’lumotlar berildi.