Institut rektori Olimpiada g‘oliblarini qabul qildi
25.04.2023 2023-04-27 10:37Institut rektori Olimpiada g‘oliblarini qabul qildi

Institut rektori Olimpiada g‘oliblarini qabul qildi
Bugun rektor Shuxrat Teshaev Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada yuqori o‘rinni egallagan talabalar va ularning ustozini qabul qildi.
Joriy yilning 19-22 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almati shaxridagi S.J.Asfandiyorov nomidagi tibbiyot universitetida “Bilim-fan va kommunikativ psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro olimpiadada Buxoro davlat tibbiyot institutining Davolash fakulteti 1 kurs talabalaridan Azizbek Sharipov faxrli 1-o‘rinni, Mironshox Latipov 2-o‘rinni hamda Kamila Nekova 3-o‘rinni egalladi.
Shu bilan birga jamoaviy ravishda instittut 1-faxrli o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur olimpiada 3 bosqichda o‘tkazildi: 1- bosqichda har bir talaba tomonidan “Talabalik davrim”, “Yurtim bilan faxrlanaman”, “Milliy urf-odatlar” mavzularida videorolik tayyorlab, komissiya a’zolariga taqdimot qilindi. 2 turda esa pedagogika, rus tili, jahon tarix hamda kommunikativ psixologiyadan talabalar test sinovlaridan o‘tkazildi hamda yuqori ball olgan talabgorlar qatori bizning talabalarimizning ham kommunikativ psixologiyadan vaziyatli masalalarni og‘zaki suxbat orqali Bilim-ko‘nikma-malakalari sinovdan o‘tkazildi.

Olimpiadada 27 guruh o‘rtasida guruh raxbari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi mudiri Gulnoz Qurbonova boshchiligidagi “Ibn Sino vorislari” jamoasi g‘olib deb topildi hamda universiteti rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Talabalarga rektor Sh.Teshayev omad va zafarlar tiladi.