BuxDTI matbuot xizmati

Institut rektori talabalar turar joyida tunadi

Institut rektori talabalar turar joyida tunadi6

Institut rektori talabalar turar joyida tunadi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev talabalar turar joyida bir kecha qolib, talabalarning yashash sharoitlarini bevosita o‘rgandi.

Rektor talabalar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Suhbat davomida sport zali, kutubxona va boshqa zarur infratuzilma imkoniyatlarini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda talabalar turar joylarida qariyb 2 ming nafar talaba istiqomat qilmoqda va ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

— Men o‘zim ham bir paytlar talabalar turar joyida yashaganman. Sizlarni yaxshi tushunaman. Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, sharoitlarni yanada yaxshilashga harakat qilamiz, — dedi rektor Sh.Teshayev.