BuxDTI matbuot xizmati

Institut rektori talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi1

Institut rektori talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Teshayev talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida talabalar turar joyida bir kecha qolib, joylarda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Suhbatlarda rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi. TTTJda tozalik, xavfsizlik, dam olish va ta’lim olish uchun yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, rektor “Zakovat”, “Debatlar klubi”, “Kitobxonlik” va “Psixologik madaniyat” kabi to‘garaklar faoliyatini ham o‘rganib chiqdi. Talabalar tashabbusi bilan tashkil etilgan ijodiy va sport to‘garaklaridagi ishlar bilan tanishar ekan, u bu kabi tashabbuslar yoshlarning faolligi, jamoada ishlash ko‘nikmalari hamda ma’naviy o‘sishiga katta hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.

Tashrif yakunida rektor TTJ ma’muriyati va mas’ul xodimlarga talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Bu tashabbus institut rahbariyatining talabalar hayoti, ta’lim sifati va ma’naviy muhitni yanada yuksaltirishga bo‘lgan e’tiborining yaqqol ifodasidir.