Institut talabalari bilan profilaktik ishlar olib borildi
08.11.2022 2022-11-11 8:48Institut talabalari bilan profilaktik ishlar olib borildi
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB mas’ul xodimlari tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat Tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalar bilan navbatdagi profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazilib, ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIV ning joriy yil 12-oktabr kunidagi hamda viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasasida “Tig‘” hamda “Pirotexnika” tadbirlari davomida ushbu buyumlarni qonunga xilof muomilasini oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Bunda, talabalarga O‘zbekiston Respublikasining qurol to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, qonun mazmun-mohiyati hamda yangi turdagi o‘rnatilgan qoidalar, javobgarlik masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.