Institut talabasi xalqaro forumda ko’krak nishon bilan taqdirlandi
03.02.2023 2023-02-07 16:36Institut talabasi xalqaro forumda ko’krak nishon bilan taqdirlandi

Institut talabasi xalqaro forumda ko’krak nishon bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tashabbusi bilan respublikamiz va bir qator xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar va talabalar ishtirokida onlayn shakldagi “XALQARO ILMIY FORUM” tashkil etilgan edi.

📍 28-yanvar Toshkent shahar yoshlar markazida mazkur forum ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
✔️ Xususan, Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika va OHI, farmatsiya fakulteti 3-bosqich talabasi Choriyeva Mohina Akmal qizi “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko‘krak nishoni, maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
🎉Talabamizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!