BuxDTI matbuot xizmati

Institutda AQShlik professor bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Institutda AQShlik professor1

Institutda AQShlik professor bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Buxoro davlat tibbiyot institutida AQShning Los-Anjeles shahridagi Los-Anjeles bolalar shifoxonasi (Children’s Hospital Los Angeles, CHLA) pediatriya professori Colleen Kraft (MD, MBA) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut rektori Shuhrat Teshayev, pediatriya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyazov ishtirok etdilar.

Suhbat davomida bolalar tibbiyoti yo‘nalishidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ilmiy izlanishlar olib borish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar kelgusida amaliy tibbiyot va tibbiy ta’lim sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma seminarlar, mahorat darslari hamda onlayn maslahatlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Mazkur uchrashuv Buxoro davlat tibbiyot instituti va AQShning nufuzli tibbiyot muassasalari o‘rtasida yangi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini boshlab berdi.