BuxDTI matbuot xizmati

Institutda donorlik askiyasi o’tkazildi

photo_2023-02-13_17-59-19

Institutda donorlik askiyasi o’tkazildi

Yurtimiz bo’ylab tez-tez donorlikka bag‘ishlangan turli tadbirlar, xayriya aksiyalari o‘tkazish ezgu an’anaga aylangan. Mazkur tadbirlardan Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba va professor-o’qituvchilari ham chetda qolishmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir mamlakat o‘z aholisining qonga bo‘lgan talabini qondirish uchun 1000 nafar kishiga donorlar soni 30 nafar va undan ortiq bo‘lishi, qon komponentlari bilan ta’minlash uchun esa donorlar soni har 1000 nafar kishiga 10 nafar yoki aholi soniga nisbatan 1 foizni tashkil etishi zarur.
O‘zbekistonda esa bu raqam 5 nafarga to‘g‘ri keladi. Agar mazkur ko‘rsatkich 10 nafarga oshsa, xalqimizning qonga bo‘lgan talabi 100 foizga qoplanadi. Agar 50 nafar odam qon topshirsa, nafaqat talab qondiriladi, balki qon plazmasini qayta ishlash orqali albumin, immunglobulin kabi dori preparatlari tayyorlash mumkin.

Ommaviy tag’ibot tadbirlari qonga ehtiyoji bor bemorlarga katta umid berishi shubhasiz.

Siz ham donor bo’ling!