Institutda ehtiyojmand talabalar muntazam rag’batlantirilmoqda
06.04.2023 2023-04-06 15:19Institutda ehtiyojmand talabalar muntazam rag’batlantirilmoqda

Institutda ehtiyojmand talabalar muntazam rag’batlantirilmoqda
Yurtimizda ezgulik shukuhi aks etib turgan shu kunlarda Muborak Ramazon oyi munosabati bilan saxovat va ehson tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bir guruh kam ta’minlangan va ehtiyojmand talabalarga rektorat va institut o’qituvchisi Muslima Abdullayeva tomonidan tashkil etildi.

Bunday xayrli ishlar institutda institut rektor, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuxrat Teshayev va Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo’yivha birinchi prorektor Zubayda Bahronova tashabbusi bilan muntazam o‘tkazilib kelinadi. Institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan shu kabi xayrli ishlar mamlakatimiz kelajagi bо‘lgan о‘g‘il-qizlarni mehr-oqibatli, saxovatpesha, о‘zlari tug‘ilib о‘sgan shu muqaddas zaminga munosib avlodlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.




Prezidentimizning qo’llab-quvvatlashlari natijasida insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi yuksak saviyali tanlovlar o’tkaziladi. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o’rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob o’qishga da’vat etish va shu asosda qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish maqsadida o’tkaziladigan “Ilhom” mukofoti tanlovining institut bosqichida faol ishtirok etgan talaba yoshlar ham institut rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanshdi.



Bundan tashqari, yurtimizda boquvchisni yo’qotgan yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga ezgu ishlar ham institutda doimiy amalda. Kuni kecha rektor Shuxrat Teshayev uch nafar talabaning to’lov kontrakt summasini to’liq to’lab berilishini ta’kidladi. Bunday ezgu va xayrli amallardan ruhlangan talabalar ilm olib, kelgusida o’z sohasini mohir mutaxassisi bo’lishga va’da berishdi.