BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Institutda Konstitusiya kuni bayrami nishonlandi

photo_2022-12-17_15-35-32

Institutda Konstitusiya kuni bayrami nishonlandi

Shu kunlarda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlamoqdamiz.

Har qanday davlatning yuzi, obro‘ – e’tibori uning Konstitusiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitusiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir. Joriy yilda bosh qomusimizga o‘zgartirishlar kiritish va konstitusion islohotlar qilish jarayonini muhokama etishda, butun xalqimiz ishtirok etdi.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida aynan yuqoridagi fikrlar ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirini institut rektori Shuxrat Teshayev ochib berdi. Sh.Teshayev yig‘ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, o‘tgan davr mobaynida xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri, aql-zakovatining ko‘zgusi bo‘lmish Konstitusiyamizning hayotiy negizi naqadar mustahkam ekanligiga, u xalqaro talablarga har tomonlama mos kelishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng tadbirning madaniy qismiga navbat berildi. Unda institutning mahalliy va chet ellik talabalari o‘zlarining musiqiy dasturlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi.