BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

INSTITUTDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOKDA

4d0c65bd-44d5-4069-b9f4-53a7866046fa

INSTITUTDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOKDA

Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
​Jumladan, tibbiyot va biotibbiyot fakultetlari talabalari Varnet botanika bog‘i, Sitorai Mohi Xosa muzeyi, Ichki ishlar organlarining “Jasorat” muzeyi hamda dorivor o‘simliklar laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.
​Tashriflar davomida talabalar tarixiy meros, vatanparvarlik va tabiatni asrash masalalari bo‘yicha bilimlarini boyitib, dorivor o‘simliklarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
​Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati