Institutda navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi o’tkazildi
30.05.2023 2023-06-01 12:41Institutda navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi o’tkazildi
Institutda navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi o’tkazildi
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashi 11 – yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, har oyda o‘tkaziladigan mazkur kengash ham oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, muhokama va muzokaralarga bag‘ishlandi
Dastlab, yaqin orada o‘zining doktorlik ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan olimlarga Oliy attestatsiyasi kommisiyasi tomonidan berilgan diplomlar institut rektori ilmiy kengash raisi Shuxrat Teshayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Yig‘ilish avvalida rektori Sh.Teshayev tomonidan Buxoro viloyatida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Intellektual haftalik” Zakovat o‘yinida mamlakatimizdagi 50ta OTM orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olib jamoaga kubok, medal, diplom va noutbuk topshirildi.
Bundan tashqari, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko‘rik tanlovida 1-o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan talabaga noutbuk hamda uning ota-onasiga tashakkurnoma taqdim etildi.
Shuningdek, o‘quv yili davomida ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda munosib hissa qo‘shgan institutning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zubayda Bahranovaga yaqinda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida faoliyati yuqori baholangani munosabati bilan faoliyati ilmiy kengash tomonidan e’tirof etildi.
Ilmiy kengash kun tartibi bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilishi, zarur choralar ko‘rilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga kengash yig‘ilishi qarori bilan tegishli tayinlovlar va o‘quv qo‘llanmalar muhokamasi o‘tkazildi.