Institutda o’quv-seminari o’tkazildi
28.06.2024 2024-06-29 10:41Institutda o’quv-seminari o’tkazildi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 26-apreldagi kengaytirilgan Apparat yig‘ilishining 38-son bayonining 2.4-2.8-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta va sifatli ko‘rib chiqish, shaxsiy va sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, tahlil va nazorat ishlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bajarilishi hamda EDO.IJRO.UZ tizimida kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini ta’minlash” mavzusida O‘QUV SEMINARI BO‘LIB o‘tdi.
RTTM ilmiy prognozlash va raqamli ta’limni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi Z.K.Ergashev 2- masala yuzasidan so’zga chiqib, Axborotni muhofaza qilish davlat tizimi axborotni himoyalovchi texnika qo’llaydigan idoralar va ijro etuvchilar hamda himoya obyektlari majmuini ifodalaydi.Bu tizim axborotni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy,tashkiliy boshqaruv va me’moriy hujjatlarga muvofiq tashkil etiladi va faoliyat yuritadi.
1.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta va sifatli ko‘rib chiqish, shaxsiy va sayyor qabullarning natijadorligini oshirish, ish yuritishni tizimli tashkil etish, tahlil va nazorat ishlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosini ta’minlash.
2.Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlar qisqa muddatlarda har tomonlama sinchiklab ko‘rib chiqish va qonun doirasida hal etilishini ta’minlash hamda nazorat ishlarini kuchaytirish.
3.Shaxsiy va sayyor qabullarni tasdiqlangan jadvallar asosida samarali tashkil etish va ularda ko‘tarilgan sohaviy muammolarni qonuniy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.
4.Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabul qilishga, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimlarini topishga alohida e’tibor qaratish.
5. Murojaatlar bilan ishlash holatini tanqidiy muhokama qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilash hamda murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlarning malakasi oshirish.
6.Ijro intizomi tizimida kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligini ta’minlash.
Mazkur o’quv-seminarda axborot texnologiyalari bilan ishlashda kiber xavfsizlik, ijro intizomi, jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, shaxsiy va sayyor qabullardagi muammolarni o’rganish kabi masalalar muhokama qilindi.