BuxDTI matbuot xizmati

Institutda O’z FA institut filiali ochildi

photo_2023-10-06_17-10-15

Institutda O’z FA institut filiali ochildi

Abu Ali bin Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida mana uch kundan buyon bo’lib o’tayotgan “Yadro tibbiyoti” mavzusidagi ilmiy – amaliy anjuman doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Buxoro filialining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda konferensiyada ishtirok etayotgan nufuzli olimlar ishtirok etishdi. O‘zFA prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, Institut direktoriTamara Oripova va BuxDTI rektori Shuxrat Teshayev ramziy lentani kesib laboratoriya binosini ochib berishdi.

” – Mazkur institut immunologiya va inson genomikasi bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish, keng tarqalgan kasalliklarning immudiagnostikasi, immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasida innovasion texnologiyalarini yaratish, shuningdek, mazkur sohada yuqori malakali mahalliy kadrlarni tayyorlash maqsadida filialim tashkil etildi.
Mazkur filialning ochilishi katta va kichik ilmiy xodimlarning immunologiya va inson genetikasiga oil ilmiy-tadkikot ishlarini Buxoro shaxrida olib borish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birgalikda maxalliy axoli orasida avj olib borayotgan immun va irsiy kasalliklarni erta tashxislash, davolash va oldini olishda muxim ahamiyatga ega”, deydi filial direktori tibbiyot fanlari doktori Nigina Hikmatova.