Institutda Qozog’istonlik bir guruh professorlar tashriba almashish maqsadida tashrif buyurdi
19.03.2024 2024-03-28 15:46Institutda Qozog’istonlik bir guruh professorlar tashriba almashish maqsadida tashrif buyurdi

Institutda Qozog’istonlik bir guruh professorlar tashriba almashish maqsadida tashrif buyurdi
Buxoro davlat tibbiyot institutida ta’lim hamda tibbiyot sohasida xalqaro aloqalar hamkorlik munosabatlarini kengaytirish ishlari doimiy ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Buning samarasi o’laroq oliygoh 10dan ortiq nufuzli xalqaro oliy ta’lim va muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib bormoqda.
Kuni kecha Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetidan sakkiz nafar professor institutga “Akademik mobillik dasturi doirasida dars o‘tish to‘g‘risida tashrif buyurdi. Markur rejaga muvofiq qo’shni mamlakatdan kelgan olimlar bir hafta davomida talabalar, magistrantlar hamda klinik ordinatura yo’nalishi talabalariga mahorat darslari, ma’ruzalar o’tishadi. Ilmiy tadqiqotlarini olib borish masalasida o’zaro tajriba almashishadi.



Dastlab mehmonlarni institut rektori, professor Shuhrat Teshayev qabul qilib ikki oliygoh o’rtasida hamkorlik aloqalari uzoq yillardan buyon olib borilayotgani bu ta’lim va tibbiyotdagi bu hamkorliklar talabalarining o‘quv jarayonini integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayonlarida akademik mobillikni yanada kengaytirish, o‘qituvchilar bilan mahorat almashishda namoyon bo’layotganini ta’kidladi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari hamkorlikda yangi magistratura yoʻnalishi, qoʻshma talim dastur asosida Bakterologiya va Virusologiya mutaxasisligi ochilganini ma’lum qilishdi. Bu yo’nalishlarda qabul jarayonlari joriy yilning avgust oyidan boshlanishini bildirishdi. Bu yo’nalishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga xalqaro darajadagi magistrlik diplomi beriladi.
Uchrashuvda mehmonlarga o’zbekona ehtirom ko’rsatdi.Shuningdek, qo’shni davlatdan tashrif buyurgan mehmon institutning yangi binosida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishishib olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.


