BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari

INSTITUTDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

Kubok rektora

INSTITUTDA “REKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha tashkil etilgan “Rektor kubogi” musobaqasi yakunlandi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Med Boys” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Stallions” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “ManYunayted” jamoasi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, professor Shuhrat Teshayev, rektor maslahatchisi Ma’ruf Mahmudov, Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova ishtirok etdi. G‘olib jamoaga “Rektor kubogi” hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Sovrindor jamoalar ham munosib taqdirlandi.

Sport musobaqasi talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va faol hayot tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati