BuxDTI matbuot xizmati

Institutda rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Rektor uchrashuvi1

Institutda rektor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Mamlakatimizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

O‘g‘il-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga o‘ziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari tizimli ravishda takomillashib kelinmoqda.

Yoshlarga oid masalalarda, zamon talablari asosida yangicha mexanizmlarni tadqiq etish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini muntazam o‘rganib borish va O‘zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni tadbiq etish dolzarb vazifalardan qatoriga kiradi.

Aynan shu maqsadda Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi”da ham yoshlarni har tomonlama tashqi ta’sirlardan muhofazalash, ta’lim olish huquqlari, iqtidorli yoshlarga nisbatan davlat ko‘magini amalga oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Tadbirda institut rektori professor Shuhrat Teshayev prezidentimizning yoshlar haqida bildirgan fikrlari bu borada kun sayin rivojlantirilib borilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiyaga oid o‘zgarishlar haqida so‘zga chiqib, talaba yoshlarni quyidagi masalalarda faol bo‘lishga chorladi.

Fakultetlarda mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklarni o‘zaro tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda muhokama qilish, bu borada o‘ziga xos jamoatchilik nazoratini oshirish, tahsil olayotgan talabalar tomonidan fakultetlar faoliyatiga oid ishlarni o‘z blogida yoritib borishlari tavsiya etildi.

Shuningdek rektor institutda talabalarning Xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, yuragida o‘ti bor faol yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Uchrashuvda ishtirok etgan talabalar rektorga o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini o‘rtaga tashlashdi. Jumladan, yangi o‘quv yilida Tibbiy biologiya yo‘nalishida magistratura mutaxassisligini egallash uchun yangi yo‘nalllishlar tashkil etish, xalqaro OTMlar bilan hamkorlikda akadeim mobilliklarni oshirish, institutda xorijiy tillarni o‘zlashtirishni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga Teshaev atroflicha javob berdi.

Rektor va yoshlar uchrashuvida 250 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etib, ochiq-oshkora samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi, ularning ta’lim, sport, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi muammo va takliflari eshitilib, tala’a yoshlarning takliflari va muammolarini hal etish bo‘yicha institut mas’ullariga topshiriqlar berildi.