BuxDTI matbuot xizmati

Institutda Turkiya bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o’tkazimoqda

Institutda Turkiya bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o'tkazimoqda 1

Institutda Turkiya bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya o’tkazimoqda

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Sog’liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda “Terapiyaning dolzarb muammolari va sog;lom hayot sari” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy anjumani o‘tkazildi.

Mazkur ilmiy anjumanda Buxoro viloyatida faoliyat ko’rsatadigan tibbiyot muassasalarining terapevt vrachlari, mamlakatimizda hamda Turkiya respublikasidan nufuzli olimlar, Buxoro davlat tibbiyot instituti talaba va magistrlari ishtirok etdi.

-Ayni kunda terapiya sohasida zamonaviy tibbiy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, amaliyotga ilg‘or tajribalarni joriy etish, bu boradagi xorijiy tajribalarni o‘rganish muhim va dolzarb masalalardan hisoblanadi, – deydi tadbirni ochib bergan BuxDTI rektori Shuhrat Teshayev.

Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari, xalqaro hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama etildi.

Anjumanda mutaxassislar tomonidan “PE diagnostikasi, xavfni aniqlash va ko’rsatmalar asosida tibbiy muolajalar”, Gipertoniya kasalligi: kecha va bugun, Semizlikni davolashda hozirgi kun tendentsiyalari va sohaga oid qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

Shuningdek, xorijlik mutaxassislar tomonidan Buxodo davlat tibbiyot instituti talabalari va magistrlari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.