BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Institutda xalqaro bag‘rikenglik kuni

e345675659d621e43516e

Institutda xalqaro bag‘rikenglik kuni

Buxoro davlat tibbiyot institutida katta zalida 17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida  mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanyotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston- millatlararo totuvlik diyori” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda institutda tahsil olayotgan 10ga yaqin millat vakillari bo‘lgan talabalar, rektor Shuxrat Teshaev, yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Zubayda Baxranova, dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori professor Shuxrat Teshaev barcha ishtirokchilarni bayram bilan qutlab, o‘zbek xalqi azaldan totuvlik, do‘stona munosabat, bag‘rikenglik timsoli yo‘g‘rilgan millat sifatida barcha elatlar ichida ajralib turishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bugunyurtimizda yuzdan ziyod millat va elat vakillari ahil-inoq totuv yashayotgani misolida o‘z fikrini keltirdi.

Bayram tadbirida institutda tahsil olayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek, rus, qozoq, turkman, turk, hind va arab millatiga mansub talabalar o‘z chiqishlari va an’analarini namoyon etishdi.