BuxDTI matbuot xizmati

Institutda xorijlik talabalar amaliyot o‘tash uchun kelishdi

Institutda xorijlik talabalar amaliyot o‘tash uchun kelishdi1

Institutda xorijlik talabalar amaliyot o‘tash uchun kelishdi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy tibbiyot ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining 4 nafar talabasi amaliy tajriba o‘tash maqsadida tashrif buyurdi.

📄 2024-yilda imzolangan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida mazkur akademik mobillik dasturi doirasida ushbu tashrif amalga oshirilmoqda.

👩‍⚕️👨‍⚕️ Davolash ishi hamda Pediatriya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar institut klinikasi hamda boshqa tegishli tibbiy markazlarda 20 kun davomida yozgi malakaviy amaliyotni o‘tashadi.

🔹 Bugun institut rektori Shuhrat Teshayev mehmon talabalarni samimiy kutib olib, ularni amaliy jarayonlar, mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

📚 Amaliyot davomida har bir talaba uchun tajribali va malakali professor-o‘qituvchilar amaliyot rahbari sifatida biriktirildi.