Institutga Belorus Respublikasining Gomel universiteti rasmiylari tashrif buyurishdi
09.03.2024 2024-03-12 10:37Institutga Belorus Respublikasining Gomel universiteti rasmiylari tashrif buyurishdi

Institutga Belorus Respublikasining Gomel universiteti rasmiylari tashrif buyurishdi
Delegatsiya tarkibida tarkibidagi mehmonlar: Gomel davlat tibbiyot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Viktor Aleksandrovich Melnik va Innovatsion texnologiyalar va oliy o‘quv yurtidan keyingi kadrlar tayyorlash markazi rahbari Dmitriy Petrovich Andrusev dastlab, zamonaviy qurib foydalanishga topshirilgan Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi kampusi, u yerda joylashgan zamonaviy Axborot resurs markazi, Simulyatsiya markazi hamda klinika faoliyati bilan tanishdi.


Institut kichik zalida mehmonlar bilan muloqot qilgan rektor Shuhrat Teshayev imzolanadigan kelishuvlarga ko’ra ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. Ikki tomon oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Ma’lumotlarga ko’ra, Onkoxirurgiya, Kardiologiya yo’nalishlarida klinik ordinatura bosqichi tashkil etish bo’yicha sharnoma imzolandi. Unga ko’ra, qabul qilingan talabalar 1+1 dasturi asosida tahsil olishadi. Ta’kidlash joizki, mazkur oliy ta’lim muassasalari shu yo’nalishlarda yetakchi muassasalardan biri sanaladi.


Bundan tashqari, tomonlar ilmiy tadqiqotlar, onlayn ma’ruzalar o’tish, bakalavriat va magistratura yo’nalishlarida ham qo’shma ta’lim dasturlarini ochish muhokama qilindi.