Institutga Turkiyadan 50 dona so‘nggi rusumdagi mikroskop keltirildi.
14.04.2022 2022-04-14 7:39Institutga Turkiyadan 50 dona so‘nggi rusumdagi mikroskop keltirildi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlayapti.Xususan, ikki davlat oliy o‘quv yurtlarining qo‘shma dasturlarni amalga oshirishayotgani e’tiborga molikdir.Abu Ali ibn Sino vatani sanalgan Buxoroda Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti Tibbiyot fakulteti va Malakali tibbiy xizmatlar Oliy maktabi faoliyat boshlaganiga ham mana uch yil to‘lyapti.
Aytish joizki, bugungi kunda Istanbul shahridagi mazkur universitet bilan Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi.O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Buxorodagi mazkur universitet filialida 600 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Tibbiy ta’lim sifatini oshirish va talabalarga amaliy mashg‘ulotlarda yanada qulaylik yaratish maqsadida bugun TIKA kompaniyasi ko‘magida 50 dona zamonaviy mikroskop keltirildi.