INSTITUTGA XITOYLIK MEHMONLAR TASHRIF BUYURDI
07.10.2026 2026-10-07 10:01INSTITUTGA XITOYLIK MEHMONLAR TASHRIF BUYURDI
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Xitoyning Shinjon Tibbiyot Universiteti vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida akademik Demin Han, professor Jiangyu Zhao va Bilaliding Yibulayin institut rektori Shuhrat Teshayev hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Aziz Niyazov tomonidan kutib olindi.






Xitoylik mehmonlar institutning moddiy-texnik bazasi va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, institut muzeyi, Axborot-resurs markazi, Xalq tabobati laboratoriyasi, Simulyatsiya markazi hamda institut klinikasi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida mehmonlarga institutda amalga oshirilayotgan ta’limiy va ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda klinik amaliyot yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida tajriba almashish, shuningdek, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida muhim va istiqbolli loyihalar ustida birgalikda ishlash hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.








Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati