Institutida o‘rganish ishlari olib borildi
28.01.2025 2025-01-29 10:04Institutida o‘rganish ishlari olib borildi
🏛➡️Ichki Ishlar Vazirining 750-sonli buyrug’i ijrosi doirasida, IIV JXD HPX bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik Fayzullayev Zoxid Uralovich boshchiligildagi ishchi guruh tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘rganish ishlari olib borildi.


✔️Tashrif davomida qaror talablarining bajarilishi, xavfsizlik choralarining holati va tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalari asosida taklif va tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etildi. Mazkur tadbir qaror ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.

